“Harbiy-vatanparvarlik sport lageri”ni ilk ishtirokchilari O’zbekistondagi eng katta poligonda tantanali kutib olindi (foto)

Bugun, 25 fevral kuni O’zbekistondagi eng katta poligon – “Kattaqo’rg’on” dala o’quv maydonida birinchi marotaba “Harbiy-vatanparvarlik sport lageri”ni ilk ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bu yerda “Yosh vatanparvarlar” shiori ostida 21-25 yosh atrofidagi muqim ish joyi bo’lmagan 100 nafar yigitlar 10 kun muddatda jangovar, sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg’ulotlariga jalb qilinadi.

Yig’in yakunida jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan yaxshi va a’lo ko’rsatkichlar qayd etgan hamda harbiylashgan sport estafetasida yuqori ball to’plagan 10 nafar o’g’longa Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov buyrug’iga ko’ra, mart-aprel oylarida bir oylik xizmatga, may oyidan esa shartnoma asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinishi ko’rib chiqiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat bo’limi hamda Mudofaa ishlar boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatida muqim ish joyiga ega bo’lmagan qariyb 9 mingta yoshlar ro’yxati shakllantirildi. Ulardan yuz nafari “harbiy-vatanparvarlik lageri”ni ilk ishtirokchilariga aylandi. Bu yerda harbiy fanlardan tashqari, yigitlarni kasbga yo’naltirish bo’yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan turli xil mavzudagi treninglar o’tkaziladi. Navoiy viloyatidagi 12 ta tumandan harbiylikka qiziqishi yuqori va asosiysi o’z istagiga ko’ra kelgan yoshlarga harbiy formalar berildi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Guruhlarga bo’lib, yotoqxonalarga joylashtirildi. Askarlar oshxonasida ovqatlanishi uchun oziq-ovqat ta’minotiga qo’yildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy vatanparvarlik sport lagerini ochilish tantanasida Markaziy harbiy okrug qo’mondoni, Navoiy viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari, senator hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari yoshlarni tarbiyalashda yangicha tizim joriy etilgani va ayni damda amalda ekanligini ta’kidladi.

Ko’rgazmali chiqishlar hamda jangovar texnikalar parkida tashkil etilgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko’rigi yoshlardagi qiziqishni yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashini kengaytirilgan yig’ilishida Davlatimiz rahbari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiya oldingi qatorlarda bo’lishini ta’kidlagandi. Prezidentimizning topshirig’i bugungi kunda Markaziy harbiy okrug qo’shinlarida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring