Qo’mondon va hokim nogironligi bor bolalarga sovg’alar ulashdi. Maktab hovlisiga 100 dan ziyod ko’chatlar ekildi (foto)

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov va Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov Navoiy shahrida joylashgan 25-sonli ixtisoslashgan maktab-internatida bo’ldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bu yerda 261 nafar eshitish va nutqida, 20 nafar esa tayanch harakatida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanadi. Hokim va qo’mondon bolajonlar bilan suhbatlashdi. Umidjon Rajabov, Gulsevar Qahharova, Nozima Qo’shboltayeva kabi yigit-qizlar o’zlari yod olgan she’rlarini o’qib berdi. Maktab-internat kutubxonasiga va tarbiyalanuvchilarga 2000 ta badiiy, tarixiy hamda bolalar adabiyoti sovg’a qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Qo’mondon va hokim tashrifidan bolajonlarni xursandchiligi cheksiz bo’ldi. Bayramona dasturxon yozildi. Bolalarga kitoblar, maktab-internatga esa qimmatbaho sovg’alar ulashildi. Maktab xovlisiga 100 dan ziyod mevali va manzarali ko’chatlar ekildi. Bu kabi ezgu ishlar kelajakda albatta ijobiy samarasini berishiga ishonaman, – deydi direktor o’rinbosari Maqsuda Oblaqulova.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Eslatib o’tamiz, “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizim doirasida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan aholi va yoshlar bilan turli xil ko’rinishdagi tadbir va uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring