Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi navoiylik yoshlarga milliy armiyamizdagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi (foto)

Navoiy shahrida joylashgan 5-umumta’lim maktabida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.
O‘quvchilar tomonidan dala o‘quv maydonida bo‘lish, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarni kuzatish istagi bildirildi. Yoshlarni taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Navoiy garnizoni Mudofaa ishlari boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik M.Shermatov yigit-qizlarga fuqarolar tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi, xizmat turlari, harbiylarga beriladigan imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring