Markaziy harbiy okrug hududida “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizim doirasida yoshlar uchun ilk bor »Vatanparvarlar» poligoni barpo etiladi (foto)

Kecha, 21 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan Yoshlar markazida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizim va istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab, yoshlar e’tiboriga Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda qurol-aslaha hamda harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Qobul Tursunov “Yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirish: Muammolar, yechimlar va vazifalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanni ochib berdi. Konferensiyada Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov hamda viloyat miqyosidagi sohaga aloqador ekspertlar, huquq-tartibot idoralari vakillari, olimlar o‘z ma’ruzlari bilan qatnashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Qisqa vaqt ichida viloyatdagi maktablarda “Vatanparvarlar burchagi” tashkil etilib, muassasalarni harbiy qism va Mudofaa ishlar bo‘limlariga biriktiriladi. Shuningdek, yigit-qizlar bilan harbiylashgan musobaqalarni tashkil etish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida birinchi marotaba “Vatanparvarlar” poligoni barpo etiladi.

Bundan tashqari, Xatirchi, Tomdi va Konimex tumanlarida tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etiladi. Qisqa vaqt ichida 6000 nafardan ziyod yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratiladi. Vatanparvarlik ruhidagi asarlar yaratilish uchun ko‘rik-tanlovlar, harbiy vatanparvarlik festivallari hamda harbiylarni farzandlari tahsil olayotgan maktablarda “Mening dadam – Vatan himoyachisi!” mavzusida uchrashuvlar o‘tkaziladi. MTMlarda “Ilk qadam” o‘quv dasturi ishga tushiriladi. Okrug hududidagi poligonlarda esa jangovar va taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilib, unda yoshlarni ishtiroki ta’minlanadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Kunni ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari bilan yosh toifasiga ko’ra mashg’ulotlar o‘tkazilib, ulardagi taklif va fikr mulohazalar tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 yanvar kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida yoshlarni tarbiyalash borasida qo‘yilgan vazifalar Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Navoiy viloyati hokimligi tomonidan hayotga tatbiq etilmoqda.

kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring