Markaziy harbiy okrugida innovatsiyon g’oyalar asosidagi ixtirochilik ishlanmalari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi (foto)

Markaziy harbiy okrugida innovatsion yondashuv asosidagi ixtirochilik ishlanmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Jizzax, Navoiy, Samarqand garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar 50 ga yaqin ixtirochilik ishlanmalari bilan qatnashdi.

Aloqa vositalarini uzluksiz quvvat bilan ta’minlash vositasi, tungi vaqtlarda va havo hujumidan mudofaa qilishda harbiy texnikalarni maskirovka qilish, zirhli texnikalarga yangi turdagi kuzatuv moslamalari, ekipaj tarkibini xavfsizligini kuchaytirish, uzoqlikdagi texnikalarni masofasini tezkor aniqlash, nishonlarni yasashdagi yangicha yondashuv va boshqa turdagi bir qator ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

– Tungi vaqtlarda elektr energiyasi bo‘lmagan hollarda (masalan, poligonda yoki tungi mashg‘ulotlarda) magnit maydon hosil qilib, yorug‘likni ta’minlash mumkin, – deydi Samarqand garnizonidagi 526-SChR bataloni guruh komandiri mayor Baxshullo Narzullayev. – Biz mana shunday oddiy, lekin zarur bo‘ladigan moslamadan foydalandik. Ko‘rgazmadan katta tassurotlar bilan qaytdik. Yanada yangi ishlanmalar qilishni o‘z oldimga maqsad qildim.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring