Faxriyni dilidagi gap: «Xalqimiz ularga kerakligimizni his etsin!»

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining tashabbusi bilan bir guruh faxriylar harbiy qismga tashrif buyurdi.

Okrug tizimidagi barcha harbiy qismlarda faxriylar va yosh xarbiy xizmatchilar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan uchrashuv davomida faxriylar bilan xarbiy xizmatchilar milliy armiyamiz qudratini yuksaltirish, yoshlarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid masalalar yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.
Shuningdek, o‘zbek xalqining tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk qahramonlar jasorati haqida to‘xtalishdi.

Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalarimizning jangovar yurishlari va erishgan g‘alabalari to’g’risida so‘z yuritishdi.
Qizg‘in o‘tgan muloqotlar jarayonida yosh harbiylar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollar berib, Mudofaa vazirligi faxriylarining bu boradagi fikrlarini tingladilar. Uchrashuv so‘ngida tinglovchilar faxriylarga qimmatli maslahatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Okrug tizimida o‘tkazilayotgan bundan uchrashular nafaqat xarbiy qismlarda balki faxriylarning xonadonlarida xam o‘tkazilib kelinmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring