Navoiy garnizonida birinchi marotabada 60 nafar kursantga bitiruv sertifikati berildi (foto)

Navoiy garnizonida birinchi marotaba Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash markazi bitiruvchilariga sertifikatlar berildi.

Muddatli harbiy xizmatchilar lavozimlarini mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida tashkil etilgan mazkur markazda yoshlarga “V, S” toifali haydovchilik hamda radiotelefonist mutaxassisligi boʻyicha uch oy davomida tahsil beriladi.

– Bundan bir yil avval Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli harbiy mutaxassislik boʻyicha tayyorlov kurslari “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash markazi” nomi bilan qayta tashkil etilgan. Hozirda mudofaa ishlar boshqarmasi tarkibida faoliyat koʻrsatmoqda. Navoiy garnizonida yangidan bunyod etilgan binoda boʻlajak askarlar oʻqitilmoqda. Okrug qoʻmondonligi barcha shart-sharoitlarni yaratishda yaqindan koʻmak berib kelmoqda.

Bitiruv tantanasida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va yoshlar boʻlajak harbiy kadrlarni tayyorlashda mazkur markaz alohida ahamiyat kasb etishi haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Shuningdek, tadbir davomida qurol-aslahalar, harbiy texnikalar koʻrgazmasi hamda qoʻl jangi chiqishlari namoyish etildi. Xonandalar tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar barchaga zavq ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring