Navoiy garnizonida bayram tantanasi oʻzgacha ruhda oʻtdi (foto)

Kecha, 14-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonida bayram tantanasi oʻzgacha ruhda oʻtdi.

Dastlab, okrug qoʻmondonligi, Kuchishlatar tuzilmalar, keng jamoatchilik vakillari tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

Shundan soʻng, “Yoshlar koʻlida” vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

– Vatan himoyachilar kuni umumxalq tadbiri sifatida yurtimiz boʻylab katta tantana bilan oʻtmoqda, – deydi mayor Shahobiddin Usmonov. – Navoiy garnizonida ham keng jamoatchilik bilan mazkur sana kutib olindi. Qurol-aslaha koʻrgazmasi, qoʻl jangi chiqishlari, ayniqsa, sport tadbirlari katta-yu kichik uchun quvonchli boʻldi.

Tantanali tadbirda “Farhod” madaniyati saroyida viloyat xokimi tomonidan bir guruh harbiylar taqdirlandi. Konsert dasturi hamda bayramona dasturxon harbiylar va ularning oila aʼzolariga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring