Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi (foto)

Bugun, 14-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugi tasarrufidagi Samarqand garnizonida harbiy xizmatchilarga yangi uylar kaliti topshirildi.

Samarqand viloyati Paxtakor tumanidagi bunyod etilgan 4 qavatdan iborat 2 xonali mazkur bino 150 xonadonga moʻljallangan.

2015-yilda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi (marhum) Mansur Meliyevning turmush oʻrtogʻi Sevara Yusupovaga yangi xonadon kaliti topshirildi.

Tantanali marosimda soʻzga chiqqan – Samarqand viloyati hokimi va Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni bugungi kunda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoya masalalari davlatimiz tomonidan alohida ahamiyat qaratilayotgani haqida taʼkidladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring