Markaziy harbiy okrugda bayram tantanasi oʻtkazildi (foto)

Bugun, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Markaziy harbiy okrugi tasarrufidagi garnizonlarda bayram tantanasi oʻtkazildi.

Dastlab, okrug qoʻmondonligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda faxriylar tomonidan Samarqand shahridagi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

Shundan soʻng, harbiy parad boʻlib oʻtdi. Unda minglab yoshlar koʻz oʻngida jangovar texnikalar va harbiy xizmatchilar saf boʻlib oʻtishdi. Koʻksaroy maydonida qurol-aslaha va kiyim-kechak, harbiy jihozlar koʻrgazmasi, yigit-qizlar uchun esa marafon tashkil etildi.

Shuningdek, Yoshlar markazida viloyat hokimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining harbiy xizmatchilarga bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

Shundan soʻng, bir guruh harbiylarga viloyat hokimi, okrug qoʻmondonining esdalik sovgʻalari, unvonlar, medal hamda Faxriy yorliqlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring