Harbiylar urush qatnashchisini bayram bilan qutlashdi (foto)

Bugun, 14-yanvar kuni Samarqand shahridagi Muqumiy koʻchasida istiqomat qilayotgan urush qatnashchisi Said Aslonov xolidan xabar olindi.

U bilan suhbatda urush yillarning qonli jangohlari, front ortidagi holat, shuningdek, ulkan gʻalabada oʻzbeklarning qahramonligi yod etildi.

“Shirinliklar va gullar, undan ham ajoyib sovgʻa eʼtibordan urush qatnashchisini boshi osmonga yetdi. Otaxon barcha harbiylarni bayram bilan qutladi”, deydi kapitan Oybek Qosimov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring