Markaziy harbiy okrug tashabbusi bilan 4 tumanda harbiy parad va vatanparvarlik festivali oʻtkazildi (foto)

Kecha, 12-yanvar kuni Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi 4 ta tumanda Kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda harbiy parad va vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan umumxalq tadbirida Jonboy, Toyloq, Oqdaryo hamda Urgut tumanlaridan 10 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Festivalda yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari, qoʻl jangi chiqishlari, “Men albatta harbiy boʻlaman!” mavzusidagi rasmlar tanlovi hamda harbiy orkestr ijrosidagi jangovar kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi boʻlinmalar hamda jangovar texnikalar ishtirokidagi harbiy parad oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun: 14-yanvar kuni Samarqand shahridagi Koʻksaroy maydonida 10.00 da harbiy parad, texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda 11.00 da Yoshlar markazida konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring