“Armiya – yoshlarni tarbiyalashda asosiy rol tutishi kerak” – Prezident topshirigʻi Markaziy harbiy okrugda faxriylar bilan muhokama qilindi (foto)

Joriy yilning 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti, Oliy Bosh Qoʻmondon raisligida xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalarni qoʻshinlar hayotiga tatbiq etish boʻyicha Markaziy harbiy okrugi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Qahramoni Xasan Normurodov, Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari tarkibida xizmat qilgan 200 ga yaqin harbiy pensionerlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

– Oliy Bosh Qoʻmondon mazkur yigʻilishda milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, armiya – yoshlarni tarbiyalashda asosiy rol tutishi, vatanparvarlik tarbiyasi umumxalq tadbiri boʻlishi kerakligi, biroq bu borada ishlar yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi taʼkidlandi. Shu kunga qadar, armiya bilan xalq bir tan-u bir jon, degan ibora soʻzda emas, amalda oʻz isbotini topmagani va bunga birinchi darajadagi rahbarlar masʼul ekanligi tanqid qilindi, – deydi okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov. – Yuqoridagi vazifalarni hayotga tatbiq etishda harbiy pensionerlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamfikr boʻldik.

Suhbat davomida yoshlarni tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish, taʼtil vaqtida yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston tarixini oʻrganish boʻyicha viktorinalar, vatanparvarlik oʻyinlarini tashkil etish, kitob mutolaasini yanada targʻib qilish hamda harbiy xizmat bilan bogʻliq boʻlgan koʻplab masalalar koʻrib chiqildi.

Tadbir soʻnggida bir guruh faol faxriylar ragʻbatlantirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring