Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari bilan “Biznes forum” boʻlib oʻtdi (foto)

Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Biznes forum” boʻlib oʻtdi. Unda 526-SCHR batalyoni chaqiriluvchilari, Markaz kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirda muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkor va blogerlar bilan tadbirkorlik va biznes haqida soʻz yuritildi.

“Baxmal korpus” MCHJ rahbari yosh tadbirkor Abdulla Bahromov oʻz faoliyati va muvaffaqiyat siri haqida, dastlab biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlganida duch kelgan muammo va qiyinchiliklar haqida gapirib, yoʻl-yoʻriqlar berdi. Yoshlar tadbirkorlikni qanday boshlash kerak? Biznesdagi eng katta xatolar nimalardan iborat? Gʻoyani qanday amalga oshirish kerak(?) kabi savollarga yigʻilganlar batafsil javob olishdi.

“Oʻzbekiston biz yoshlar qoʻlida” U-Report loyihasi haqida ham harbiy xizmatchilar tushunchaga ega boʻlishdi. “Biznes forum”da hududlarni ijtimoiy rivojlantirish markazi rahbari tomonidan tadbirkorlar va biznesmenlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Bundan tashqari yosh tadbirkor va blogerlar ham tadbirkorlik va biznes boʻyicha oʻz fikr va tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring