Samarqandlik sportchilar bilan harbiylar oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi (foto)

Kecha, 11-yanvar kuni Samarqand shahridagi Olimpiada zaxiralari maktab internatida harbiylar ishtirokida koʻrgazmali chiqish boʻldi.

Dastlab, davra suhbati tarzida oʻtgan muloqotda harbiy xizmat, uning turlari, shartnoma asosida xizmatga qolish shartlari va talablari boʻyicha tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, harbiylar tashabbusi bilan koʻrgazmali chiqish tashkil etildi.

Shuningdek, kapitan Zuhriddin Toirov boshchiligidagi targʻibot guruhi shahardagi Ixtisoslashtirilgan maktabga ham tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida «Adolat» SDP vakili harbiylarni bayram bilan qutlab, sovg’alar ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring