Qoʻmondon faxriylarni bayram bilan qutladi. Tadbirda Oʻzbekiston Qahramoni ham qatnashdi (foto)

Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan faxriylar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar okrug qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov, Oʻzbekiston Qahramoni Xasan Normurodov va boshqalar nafaqadagi harbiylarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, 10-yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida oʻtgan xavfsizlik Kengashining navbatdagi yigʻilishida belgilangan vazifalarni yaʼni, Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarshilik, insonlar, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida bir guruh faxriylar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring