Jizzax garnizonida askar onalari sharaflandi (foto)

Bugun, 11-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” togʻ poligonida askar onalari sharaflandi.

Dastlab, jizzaxlik askar onalarini poligondagi harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Askarlar oshxonasi, dam olish xonasi, yurt himoyachilarini jismonan chiniqishi uchun barcha qulayliklarga ega sport majmuasi, panoramali otish trenajyori – barcha barchasi ota-onalar oʻz koʻzlari bilan koʻrib, koʻngillari xotirjam boʻldi.

Shuningdek, konferensiya zalida ishtirokchilar eʼtiboriga Markaziy harbiy okrug qoʻshinlaridagi jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlari haqidagi videorolik koʻrsatildi.

Shundan soʻng, onalar hech kutmagan voqea sodir boʻldi. Yaʼni askarlar oʻz onalari bilan koʻrishishdi. Har birini qoʻlida gul, qalbida esa soʻz bilan tasvirlab boʻlmas bir his bor edi. Askarlar Qaroqalpoq zaminida hamda Chirchiq shahridagi harbiy qismda muddatli xizmatni oʻtayotgan edi.

Mazkur tadbir sharofati bilan esa onalar va askar bolalar “Forish” togʻ poligonda jam boʻlishdi. Tadbir davomida barcha uchun askarlar oshxonasida tushlik va davra suhbati tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring