Bir necha tumandagi vatanparvarlik tadbirlari haqida qisqacha (foto)

Navbahor tumanida “Men Vatanga sodiq farzand boʻlaman!” shiori ostida koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi. Unda mudofaa ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda Ichki ishlar vazirligiga qarashli maxsus otryad harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Nurota tumanidagi 18-umumtaʼlim maktabida “Oʻzbek oʻgʻlonlari” nomli harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi. Unda 100 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etdi.

Navoiy garnizonidagi 523-SCHR batalyoni xizmatchilari tomonidan shahardagi 20- va 22-sonli MTM da oʻzgacha tadbir oʻtkazildi. Koʻrgazmali chiqishlardan soʻng, bolalarga sovgʻalar ulashildi.

Konimex tumandagi MTM tarbiyalanuvchilari bilan mudofaa ishlar boʻlimi tomonidan “Mard oʻgʻlon” tanlovi oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring