Bolalar shifoxonasidan kam taʼminlangan oilagacha – Samarqand garnizonidagi 526-SCHR batalyoni ofitserlaridan navbatda xayriya tadbiri (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahrida joylashgan 526-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari tomonidan navbatdagi hayriyat tadbiri oʻtkazildi.

Dastlab, harbiy xizmatchilar Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Bolalar shifoxonasiga tashrif buyurib, bemor bolajonlar bilan ham suhbat boʻlishdi. Ularga sovgʻalar ulashildi.

– Ushbu targ’ibot va tashviqot tadbirlari nafaqat yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, balki ularni qalbida ezgulikni ulga’yishiga xizmat qiladi, – deydi kapitan Elyor Atabayev. – Biz asosiy e’tiborni chegara oldi hududdagi chekka qishloqlarga, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalar va davolanish maskanlariga qaratyapmiz. Ezgulik va mehr-oqibat inson ziynati. Ayni mana shunday savobli ishlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida bo’layotganida ham ko’p hikmat bor.

Shuningdek, mayor Baxshiullo Narzullayev boshchiligidagi targʻibot guruhi Samarqand shahridagi 53-sonli Maktabgacha taʼlim muassisi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Men albatta, harbiy boʻlaman”, mavzusida sport musobaqasi oʻtkazdi. Shu kuni 1-guruh nogironi Neʼmat Maqsumov xolidan xabar olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring