Navoiy garnizonida 60 nafar harbiy xizmatchilar va faxriylarga yangi uylar topshirildi (foto)

Kecha, 10-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonidagi 60 nafar harbiy xizmatchilar va faxriylarga tantanali ravishda yangi uylar kalitlari topshirildi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida 60 nafar harbiy xizmatchilar va faxriylarga 5 qavatdan iborat 2 va 3 xonali yangi uylarni kaliti topshirilishi qoʻshaloq bayram boʻldi.

Shuningdek, tadbir davomida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha oʻrinbosari polkovnik Ulugʻbek Doʻsmatov hamda keng jamoatchilik vakillari xonadon egalarini uyida mehmon boʻlishdi.

Sanʼatkorlar ijrosidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring