Aydarkoʻl sohillarida ilk marotaba harbiy xizmatchilari ovchilar bilan hamkorlikda oʻquv uslubiy yigʻin oʻtkazdi (foto+video)

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan hamkorlikda ekstremal sharoitlarda yashovchanlik boʻyicha ikki kunlik oʻquv uslubiy yigʻin oʻtkazdi.

Jizzax viloyatida joylashgan Aydarkoʻl sohillarida oʻtkazilgan yigʻinda 60 ga yaqin ovchilar va harbiylar ishtirok etdi.

Dastlab, hududda dala chodirlari tikildi hamda harbiy qurol-aslahalar va ov uchun moʻljallangan qurollar koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda har bir qurolning oʻziga xos jihatlari va uning xususiyatlari oʻrganildi.

Yigʻinning birinchi kuni sohildan yegulik izlash bilan boshlandi. Harbiylar va ovchilar guruhlarga boʻlinib, ovchi itlar yordamida iz olish, uni qidirib topish, qayiqlarda yordamida baliq ovlash kabi mashgʻulotlariga jalb etildi.

– Harbiylar va ovchilar oʻrtasida oʻquv uslubiy yigʻin ilk marotaba oʻtkazilmoqda. Ikki kasbni bir-biriga oʻxshash jihatlari koʻp, – deydi Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Poʻlat Sotvoldiyev. – Merganlik, jismoniy chiniqqanlik va ekstremal sharoitlardan yashab ketish kabi jihatlar bu ikki kasbni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu yerda olov yoqish, ovlangan parranda va baliqni ovlash, goʻshtidan har xil turdagi taomlar tayyorlash kabi amallarni bajarildi. Tajriba va natijalar gulxan atrofida muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻinda qush va hayvonlar ovozini oʻxshatish va ularni oʻziga jalb qilgan holda ov qilish mahoratlari borasida tajriba almashildi.

Yigʻin yakunida harbiy va ovchilar tomonidan yegulik uchun ovlangan hayvonlari, parrandalari hamda baliqlari sarhisob qilindi. Unga koʻra, mahoratli ovchilar, baliqchilar aniqlandi. Eng ilgʻor ovchi va harbiylarga okrug qoʻmondonligi tomonidan Faxriy yorliq va diplomlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring