Jizzax garnizonida harbiylarni farzandlari otalarini oʻzgacha tabriklashdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonida harbiy xizmatchilar oʻz farzandlari tomonidan oʻzgacha tarzda qutlandi.

Dastlab, bolajonlar tomonidan “Mening dadam harbiy” mavzusida rasm chizish tanlovi oʻtkazildi.

Jizzax shahridagi 2-sonli Musiqa va sanʼat maktabi zalida fotosuratlar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Shundan soʻng, sahna chiqishlari, sheʼrxonlik va kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Harbiylar oʻz farzandlarini chiqishlaridan va tabrigidan mamnun boʻlishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring