“Askar mahalla mehmoni” yoki qalbdagi kechinmalar haqida (maqola)

Samarqand garnizonidagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni askari oʻzi tugʻilib oʻsgan Bulungʻur tumanida mehmon boʻldi.

Oddiy askar va uning yaqinlari bilan dasturxon atrofida hamsuhbat boʻldik.

“Oʻgʻlim, harbiylikka qiziqadi. Katta boʻlsam harbiy boʻlaman, degani degan edi. Lekin yolgʻiz farzand boʻlganligi va kasb taqozosiga koʻra bizdan uzoqda yurishini hisobga olib, unga maslahat berdik. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat esa ayni muddao boʻldi. Oʻgʻlimni xizmat vaqtida, askarlik libosida koʻraman, deb hech oʻylamagan edim”.

Oddiy askar Asqar Ziyoyevni Istiqlol mahallasida istiqomat qilayotgan yosh-u keksa birdek hurmat qiladi. Chunki u barchaga koʻmak berishga intiladi.

Shu kuni askar ulgʻaygan uyda mahalla faollaridan tortib yoshlargacha jam boʻlishdi.

Leytenant Qudratxon Buzrukov 526-SCHR batalyon komandiri podpolkovnik Sanjar Jovliyev nomidan namunali xizmati qilgani uchun berilgan tashakkurnomani askarni onasiga topshirdi.

526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar shiddat bilan davom etmoqda.

kapitan Elyor Atabayev, Batalon komandiri oʻrinbosari.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring