Jizzax garnizonida Kuch tuzilmalar bilan hamkorlikda «Men ham harbiy bo’laman!» nomli o’zgacha tadbir o’tkazildi (foto)

Kecha, 9-yanvar kuni Jizzax garnizonidagi Kuch tuzilmalar bilan hamkorlikda “Men ham harbiy boʻlaman!” mavzusida harbiylar va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Milliy gvardiya qoʻmondonligi, DXXga qarashli Chegara qoʻshinlari boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzav viloyati Kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh harbiy xizmatchilar, oʻquvchilar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Ulugʻbek Doʻsmatov soʻzga chiqib, milliy armiyamizdagi oʻzgarish va yangilanishlar, 2020-yilda davlatimiz rahbariyati, okrug qoʻmondonligi oldida turgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Dastlab, tadbir davra suhbati tarzida oʻtkazildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Shuningdek, Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining isteʼdodli oʻquvchilari harbiy xizmatchilar va yoshlarning tasviriy suratlarini chizib borishdi va tadbir yakunida suratlar egalariga sovgʻa qilishdi.

500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda harbiylar tomonidan kuy-qoʻshiqlar, saf va qoʻl jangi koʻrgazmasi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring