Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi ikki hokim harbiylar va 527-SCHR bataloni xizmatchilari bilan uchrashdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismga tuman hokimi tashrif buyurdi. Hokim Aʼzamxon Baxromov harbiy xizmatchilar hamda 527-Safarbarlik chaqiruvi rezervi chaqiriluvchilari bilan suhbatlashdi.

Harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Uchrashuvda hokim harbiylarga kitoblar ulashdi.

Shahardagi Pedagogika kolleji binosida esa Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Muzaffar Xoshimov bir guruh yosh harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan qutladi. Kollej va maktablarda vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi. “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan koʻplab yoshlar artilleriya mutaxassisligi boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlishdi.

Shuningdek, 527-SCHR batalonida professor va o’qituvchilar bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalarsh bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring