Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilarini viloyat hokimi bayram bilan qutladi (foto)

Bugun, 9-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi.

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Qahramon Achilov oʻz soʻzida harbiy-maʼmuriy sektor bilan hamkorlikda bugungi kunda yangi koʻrinishdagi harbiy qism va poligonlarda bunyod etilgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, viloyat hokimi harbiylarni bayram bilan qutladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Nizom Mamajonov viloyat hokimini harbiylar nomidan Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi.

Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda ilgʻor natija koʻrsatgan harbiylar viloyat hokimi tomonidan ragʻbatlantirildi.

Shundan soʻng hokim harbiylar bilan askarlar oshxonasida tushlik qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring