Navoiy garnizonida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga – oramizda oʻrin yoʻq” mavzusida suhbat o’tkazildi (foto)

Bugun, 9-yanvar kuni Navoiy garnizonida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” da 523-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari bilan “Korrupsiyaga – oramizda oʻrin yoʻq” mavzusida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Shuningdek. askarlar oʻrtasida “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Navoiy shahridagi Axborot markazi binosida boʻlib oʻtgan tanlovda 523-SCHR batalyoni xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.

– Harbiy xizmatchilar har jabhada faol. Insholar tanlovi ular uchun unchalik qiyin boʻlmadi. Faol ishtirok etganlarga kitoblar topshirildi, – deydi shoira Gulmira Shodiyeva.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan masʼul xodimlar tomonidan tanlov baholanib borildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring