Turistlarga gullar, yoshlarga targʻibot materiallari – Samarqanddagi 526-SCHR batalyoni harbiy xizmatchilari Registon maydonida

Kecha, 8-yanvar kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahridagi 526-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari tomonidan Registon maydonida oʻzgacha tadbir oʻtkazildi.

Samarqand shahridagi Registon maydonida xorijlik sayyohlar va yoshlarga vatanparvarlik ruhidagi tarqatma materiallar va gullar ulashildi. Milliy armiyamiz haqidagi oʻzgarishlar bilan qiziqqan yigitlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

– «Vatanparvar oyligi» doirasida 100 ga yaqin targ’ibot va tashviqot tadbirlarini o’tkazdik, – deydi letyenant Qudratxon Buzrukov. – Har gal harbiy xizmatchilar bilan biror bir manzilga – maktabga yoki kam ta’minlangan oilaga borganimizda qalbimni faxr tuyg’usi qamrab oladi. Bu kabi ezgu ishlarga o’z hissamni qo’shayotganimdan hursand bo’laman. Yoshlarni ko’zidagi ishtiyoqni ko’rib, kelajagimiz nurafshon ekanligini his etaman.

Tadbir davomida harbiylar davlat transport vositalarida, aholi dam olish maskanlarida ham bo’lishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring