Birinchi marotaba harbiylar bankda koʻrgazmali chiqish qilishdi (foto)

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qism xizmatchilari uchrashuv oʻtkazdi.

Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda podpolkovnik Shavkat Abdurahimov harbiylarning hayoti, milliy armiyamizdagi yangilik va oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, bank xodimlariga Mudofaa vazirligi tizimida mavjud oʻq otar qurollar, togʻ tayyorgarligi harbiy anjomlari, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun kerakli jihozlar, zamonaviy muhandislik kiyim-kechaklari namoyish etildi. Harbiy qism qoʻl jangi guruhining koʻrgazmali chiqishlari uyushtirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring