“TINIB-TINCHIMAGAN” FAXRIYLARDAN NAVBATDAGI TADBIR (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonida vatanparvarlik tadbirlarida koʻngilli faxriylar ham faoli ishtirok etmoqda.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand tuman oʻquv sport texnika klubi bilan hamkorlikda shahardagi 64-son maktab internatida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi jamoatchilik kengashi raisi Oʻ. Shodiyev, faol faxriy polkovnik S. Salixov, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bosh mutaxassisi D. Toshbekov, N.Xikmatov oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

Suhbat sheʼr va qoʻshiqlarga ulandi. Faxriylardek faollik koʻrsatgan yoshlarga kitoblar hamda sport anjomlari sovgʻa qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring