Navoiy garnizonida joylashgan Navbahor tumani mudofaa ishlar boʻlimi faollik koʻrsatdi (foto)

Kecha, 7-yanvar kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani mudofaa ishlari boʻlimi hamda tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Vatanparvar yoshlar – yurt bunyodkori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, tuman hokimligi masʼullari, oʻqituvchi va yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab tadbirda oʻquvchilar bilan milliy armiyamizdagi islohotlar haqida savol-javob oʻtkazildi. Shundan soʻng, vatanparvarlik tuygʻusi, harbiy xizmatga borish tartibi, yoshlarga oid siyosatning maʼno mazmuni batafsil tushuntirildi.

Tadbir soʻnggida faol yoshlar ragʻbatlantirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring