Jizzax garnizonida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizoni rahbariyati tashabbusi bilan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga va muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarga mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida oʻtkazilgan yarmarkada 46 tashkilot 485 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Okrug qoʻmondonligi, Jizzax viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda 500 nafardan ortiq yoshlar va harbiylarning oila aʼzolari qatnashdi.

Mehnat yarmarkasi yakuniga koʻra, 140 ga yaqin yoshlarga yoʻllanmalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring