Faxriylar va bemorlar. Harbiylarning diqqat markazida (maqola)

Shu kunlarda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida koʻplab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Qayerga qaramang, harbiylarni koʻrasiz. Bolalar, oʻquvchilar, korxona va muassasalar, tashkilotlar, davolanish markazlaridan tortib, mahkumalar, bemorlar, faxriylar xolidan xabar olinyapti. Demak, harbiylar qoʻliga qurol olib emas, qalbidagi vatanparvarlik va maʼnaviyat ulashish maqsadida xalqimizning barcha qatlamlarigacha kirib bormoqda.

Hammamiz ham bir kuni nafaqaga chiqamiz. Yaʼni faxriy boʻlamiz. Hammamiz ham bir kuni bemor boʻlamiz. Oʻshanda eʼtibor tonggi nonushta kabi ehtiyoj va zaruriyat ekanligini tushunamiz.

Oʻtmishni unutmasdan va kelajakni oʻylamasdan yashab boʻlmaydi. Bugun esa mana shu ikki halqaga bogʻliq.

Targʻibot-tashviqot tadbirlarini qay darajada oʻtkazyapmiz, buni samarasi tez orada koʻrinadi.

Harbiylarning diqqat markazida faxriylar va bemorlar ekanligidan shodman va buni olqishlayman. Ularni duosi esa biz oʻtkazayotgan targʻibot tadbirlari kabi samarali va foydalidir.

Tadbirlar esa yanada shiddat bilan davom etadi.

Kapitan Gʻayrat Madrahimov

 

Izoh qoldiring