Samarqanddagi 526-SCHR batalyoni targʻibot guruhi askar ulgʻaygan mahallaga tashrif buyurdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli 526-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni targʻibot guruhi tomonidan Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida joylashgan Navoiy mahallasida navbatdagi tadbirni oʻtkazdi.

“Askar – mahalla mehmoni” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda mahalla faollari, askarning yaqin qarindoshlari ishtirok etdi.

Milliy armiyamizdagi oʻzgarish va yangilanishlar haqida ham mahalla yoshlariga mayor Umid Fayzirahmonov tomonidan batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, dushanba – «Yoshlar kuni» munosabati bilan tarbiyaviy ishlar soatida bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imtizov va qulayliklar haqida suhbat qurildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring