Samarqand garnizonidagi 524-SCHR batalyoni ofitserlari tashabbusi bilan ozodlikdan mahrum etilganlarga konsert dasturi taqdim etildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahridagi 524-SCHR batalyoni rahbariyati tashabbusi bilan ozodlikdan mahrum etilganlarga konsert dasturi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida joylashgan 37-sonli manzil koloniyasida oʻtkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan mahkuma ayollarga gullar sovgʻa qilindi.

– Biz bunday bayramona konsert dasturini kutmagandik, – deydi mahkuma Feruza Ismatova. – Harbiylarga rahmat. Koʻnglimiz togʻday koʻtarildi. Oz boʻlsada, gʻam-tashvishlarimizni unutdik.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Samarqand Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati bo’limi tomonidan mahkmalarga kitoblar topshirildi.

– “Vatanparvarlik oyligi” doirasida oʻtkazilgan tadbirlarda mehribonlik uylaridan tortib, jazoni ijro etish muassasalarigacha oʻtkazilmoqda, – deydi tadbir tashkilotlaridan biri kapitan Vohid Hamidov. – Bundan asosiy koʻzlangan maqsad vatanparvarlik tuygʻusini har bir qalbda shakllantirishdan iborat.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbirda ishtirok etgan 200 ga yaqin mahkumalar nomidan 37-sonli manzil koloniyasi rahbariyati harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring