Artilleriya – eng nufuzli va zarur mutaxassislik. Kattaqo’rg’onlik yoshlar iqrori (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Tadbirda maktab oʻquvchilari, harbiylik kasbiga qiziqqan yoshlar ishtirok etdi.

Obi-havoni injiqliklariga qaramasdan yuragida oʻti bor yigit-qizlar harbiy qism mehmoni boʻlishdi. Ularga artilleriya qurollari, ularni qoʻllash tasnifi tushuntirildi.
Shuningdek, harbiy qismda tashkil qilingan “Jasorat burchagi” bilan ham tanishdilar.

Tadbir soʻnggida yoshlarda artilleriyachi mutaxassisligi boʻyicha tasavvurga ega boʻlishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring