Oʻzbekistondagi eng katta festival “Forish” poligonida boʻladi (foto)

7-9 yanvar kunlari Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!” shiori ostida eng katta vatanparvarlik festivali oʻtkaziladi.

forishga
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Forish” togʻ poligonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan festivalda dastlab, sahna koʻrinishlari, “qoʻl jangi” chiqishlari, qurol-aslaha va jangovar texnikalar, harbiy kiyim-kechak va oziq-ovqat koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Shundan soʻng, harbiylar sportning qoʻl jangi, boks va tosh koʻtarish turlari hamda jizzaxlik yoshlar esa arqon tortish, kamondan oʻq otish, milliy kurash boʻyicha bellashadilar.

Festival davomida xalqimizning milliy oʻyinlari ham oʻtkaziladi. Xususan, uloq-koʻpkari, ot poygasi, bedana va xoʻrozlar jangi, merganlik hamda avtopoyga kabi musobaqalar oʻtkaziladi.

Festival yakunida esa konsert dasturi va aksiyachilarning chiqishlari oʻrin olgan.

Barchani ushbu festivalda ishtirok etishi uchun Jizzax garnizonidagi “Forish” poligoniga taklif etamiz.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring