Harbiy orkestrni navbatdagi “yurishi” koʻngilochar savdo majmuasi boʻldi (foto)

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlarga boy boʻlmoqda.

Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi ham mazkur targʻibot va tashviqot tadbirlariga oʻzining kamtarona hissasini qoʻshmoqda.

Samarqand shahridagi “Makro” koʻngilochar savdo majmuasida borgan yurtdoshlarimiz jangovar kuy-qoʻshiqdan bahramand boʻlishdi. Roʻzgʻorga oziq ovqat xarid qilish uchun borgan fuqarolar davrani kengroq olib, raqsga tushishdi.

Barcha fuqarolar harbiy orkestrga minnatdorchilik bildirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring