Okrugning harbiy orkestri jamaosi haqida yoki oddiy askarning dilidagi gaplari (maqola)

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlaridagi hech bir tadbir harbiy orkestr jamoasisiz oʻtmaydi. Qoʻshinning yuragi baqquvat boʻlishi uchun jangovar kuy-qoʻshiq suv va havo kabi zarur.

Samarqand Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi “Vatanparvar oyligi”da marrani baland olib, har bir tadbirda oʻzgacha jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. Ham xonanda, ham cholgʻu asboblarni maromiga keltirib chaladigan bu abjir yigitlar har qancha hurmatga oliy insonlardir, nazarimda. Bu haqiqatni tan olishni istamaymiz, lekin ich-ichimizdan ishonamiz.

Men harbiy orkestr jamoasini jangovar boʻlinmalarga tenglashtiraman, – deydi muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Otabek Salomov. – Chunki ularning jonbozligi va kasbga fidoyiligi har birimizdan qolishmaydi. Kadr ortidagi qahramonlar deb, atagan boʻlardi, bularni.

Togʻda, choʻlda, poligonda bayramda barcha joyda hoziru nozir. Ularga minnatdorchilik bildiraman.

Oddiy askar Tojiddin Rahimqulov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring