Jizzax garnizonida harbiy ayollar oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari oʻrtasida “Harbiy ayollar har sohada ilgʻor!” nomli sport musobaqasi oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Sportning shaxmat-shashka, kuch sinashish, yugurish, arqon tortish hamda merganlik kabi turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

– Musobaqadan koʻzlangan maqsad, harbiy oilalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdir, – deydi mayor Muhammad Azimov. – Shu bilan birga ayollarni vaqtini mazmunli oʻtkazish. Harbiy qism rahbariyati tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga alohida eʼtibor berilmoqda.

Tadbirda gʻolib jamoa ayollari Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring