Samarqand garnizonidagi Kuch tuzilmalar hamkorligidagi “Qoʻl jangi” boʻyicha ochiq turnirda Markaziy harbiy okrug sportchilari mutlaq g’olib bo’lishdi (foto)

Kecha, 29-dekabr kuni Samarqand shahridagi Kuchishlatar tuzilmalar harbiy xizmatchilari oʻrtasida sportning “Qoʻl jangi” turi boʻyicha “Qorbobo-2019” chempionati boʻlib oʻtdi.

Havaskorlar va professionallar yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada 7 ta vazn toifasi boʻyicha 200 ga yaqin sportchilar qatnashdi. Markaziy harbiy okrugidan jami 18 ta harbiy sportchilar qatnashgan.

– Markaziy harbiy okrugdagi sport vzvodida xizmat qilaman, – deydi musobaqani mutlaq gʻolibi, muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Daler Yoʻldoshev. – Ochiq turnirda “professionallar” yoʻnalishida 70 kg. vazn toifasida jang olib bordim. Raqiblarim Milliy gvardiya qoʻmondonligi hamda DXX Chegara qoʻshinlari shaʼnini himoya qilishdi. Biroq, sportda omadga emas, kuch va uni ishlatish texnikaga tayaniladi. Men barcha imkoniyatimni ishga solib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdim. Bugun esa okrug qoʻmondoni tomonidan yana bir bor taqdirlandim. Bundan juda minnatdorman.

Natijalarga ko’ra, havaskorlar yo’nalishi bo’yicha 6 ta –

60 kg. vaznda Behruz Shoev(3-o’rin);

65 kg. vaznda Kamol Omonov(3-o’rin);

70 kg. vaznda Siroj Jumanazarov(1-o’rin);

75 kg. vaznda Muhammad Bo’riyev(3-o’rin);

90 kg. vaznda Bahodir Nazarov (2-o’rin);

+90 kg. vaznda Bahodir Rahmatov (2-o’rin)

va professionallar yo’nalishi bo’yicha esa 70 kg. vazn toifasida muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Daler Yoʻldoshev mutlaq g’olib bo’ldi.

Chempionat gʻoliblari okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring