Markaziy harbiy okrug jamoasi vazirlik miqyosidagi musobaqada sovrindor boʻldi. Okrug qoʻmondoni musobaqa ishtirokchilarini taqdirladi (foto)

23-38-dekabr kunlari Mudofaa vazirligi sport majmuasida 11 ta jamoalar sportning “Minifutbol” turi boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Chempionatda vazirlik tarkibidagi harbiy okruglar, Harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligidan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug jamoasiga Qurolli Kuchlar xizmatchisi Furqat Poʻlatov va katta leytenant Bekzod Dadajonov murabbiylik qildi.

Asosiy tarkibda podpolkovnik D.Zohidov, mayor I.Ahmadjonov, serjant J.Rahimov hamda shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilar S.Dadamirzayev, Sh.Qodirov, U.Poʻlatov, Sh.Sattorov, Sh.Boʻriyev, J.Odinayevlar ajoyib oʻyin koʻrsatishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, Markaziy harbiy okrug jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu sportchilar okrug qoʻmondonligi tomonidan munosib kutib olinib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring