Samarqand garnizonida okrug qoʻmondonligi tomonidan 200 ga yaqin koʻngli yarim bolajonlarga quvonch ulashildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahrida joylashgan 60- va 57- maxsus maktabgacha taʼlim muassasalaridagi 200 ga yaqin bolajonlarga bayramona tadbir tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari qorbobo va qorqiz liboslarida harbiy orkestr jamoasining bayram tarovatini tarannum qiluvchi kuylari bilan muassasalarga tashrif buyurishdi. Nogironligi va soʻzlashishda nuqsoni boʻlgan bolajonlarga Yangi yil sovgʻalari ulashishdi.

Tashrif chogʻida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan yangi yil shukuhini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar bolajonlarni qalblarini quvonchga toʻldirdi va ularni raqsga chorladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Harbiylarning tashrifi koʻngli kemtik bolalarga quvonch berdi. Tashabbuskor yurt himoyachilaridan ezgu ishga bosh-qosh boʻlganliklari uchun minnatdormiz, –deydi 57-maxsus MTM mudirasi Dilorom Abatova.

Keyingi manzil Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi boʻldi. U yerda ham harbiy xizmatchilar 100 ga yaqin davolanayotgan bolajonlarga sovgʻa salomlar va bayramona kayfiyat tortiq etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Har bir qalb uchun mehr va eʼtibor lozim, – deydi Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov. – Ayniqsa, davolanayotgan jajji qalb egalariga koʻrsatilgan mehr-muruvvat ularni sogʻayishiga xizmat qiladi. Ota-onalar koʻzidagi quvonch yoshlari esa ular tomonidan bildirilgan minnatdorchilik deb qabul qilish kerak. Bugungi bayramda ana shunday tuygʻularni his etdim.

Shuningdek, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, farzandlari xolidan xabar olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring