Kattaqoʻrgʻonlik qahramonni jasorati yodga olindi (foto)

Bugun, 30-dekabr kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqoʻrgʻon garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar qahramon doʻstlarini xotirlashdi.

Yangi yil bayram arafasida shahar markazlarida, taʼlim muassasalari, davolanish muassasalarida harbiylar tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi targʻibot-tashviqot tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, harbiylar xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan mard oʻgʻlonlarning yaqinlari xolidan xabar olishdek ezgu ishlarga ham qoʻl urishmoqda.

Jumladan, 2000-yil Surxondaryo togʻlaridagi terrorchi kuchlarga qarshi boʻlgan janglarda dushmanga qaqshatqich zarba bergan hamda mardlarcha halok boʻlgan Ulugʻbek Barnoyev va xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan Bahrom Ergashevlarni barcha birdek esga oladi. Dorilamon kunlar shukuhi ularni hamisha eslatib tursa, ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bayram kunlarida qahramonlar tugʻilib oʻsgan xonadon sohiblari xolidan xabar olinib, ulardan koʻngil soʻraldi. Ularning bolaligi yodga olindi. Yaqinlariga esdalik sovgʻalari berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring