Samarqand garnizonidagi 526-SCHR batal’oni rahbariyati nogiron farzandi bor harbiy oilaga begʻaraz yordam koʻrsatdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand shahridagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni rahbariyati tashabbusi bilan Yangi yil arafasida nigoron farzandi bor harbiy oilaga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Serjant Bobomurod Abduqodirov 17 yildan buyon Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlarda xizmat qilib kelmoqda. Koʻp yillik xizmati davomida hurmat va eʼtibor qozondi. Bosiqligi, hushyorligi va koʻngli ochiqligi harbiy jamoaga tez moslashishiga zamin yaratdi. Oʻn yetti yillik xizmat davomida Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlaridagi harbiy qismlarda namunali xizmat oʻtab, komandirlar eʼtiboriga tushdi.

Bobomurod aka va Dilshoda opa 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda. Har doim ham hayot bir maromda davom etavermaydi. Goh sinovli, goh olis manzillar bizni chorlaydi. 2010-yilda tugʻilgan katta farzandi Mavjuda 2-guruh nogironi. Uning orzulari olam-olam.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tashrif chogʻida Mavjuda, batalyon komandiri podpolkovnik Sanjar Jovliyev, komandir oʻrinbosari kapitan Elyor Atabayev hamda askarlarga “Muqaddas Vatan” nomli sheʼrini oʻqib berdi.

Хayriya tadbiri davomida mehmon harbiylar bolalarga Yangi yil tuhfasi hamda “Lenovo” rusumli netbook sovgʻa qilishdi.

Eslatib o’tamiz, 526-SCHR batal’oni targ’ibot guruhi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida 10 ga yaqin kam ta’minlangan va nogiron farzandi bor oilalarga moddiy yordam ko’rsatildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring