Markaziy harbiy okrugda harbiy xizmatchilarning farzandlari oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi (foto)

Bugun, 28-dekabr kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonida sportning “Qoʻl jangi” turi boʻyicha 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oʻrtasida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahridagi 43-umumtaʼlim maktabi sport klubi bilan hamkorlikda Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu sport musobaqasi 50 yaqin sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa avvalida bolalar tomonidan koʻrgazmali chiqishlar taqdim etildi. Shundan soʻng chempionatga start berildi. Oʻz farzandlarini qoʻllab-quvvatlash uchun sport zaliga tashrif buyurishdi.

Chempionat yakuniga koʻra, 8 ta 1-oʻrin, 8-ta ikkinchi hamda 16 ta 3-oʻrinni egallagan yosh sportchilarga medal, diplomlar va Yangi yil sovgʻalari topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy harbiy okrugidagi sport zalida boks, kurash, futbol, stol tennisi, badminton boʻyicha bepul sport toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmat

Izoh qoldiring