Jizzax garnizonidagi yana bir tumanda vatanparvarlik aksiyasi oʻtkazildi (foto)

Kecha, 27-dekabr kuni Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonidagi Zomin tumani markazida vatanparvarlik aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” shiori ostida oʻtkazilgan aksiyasi Zomin tumani hokimi Alisher Abdugʻaniyevni kirish soʻzi bilan ochib berildi.

Shundan soʻng, Jangovar bayroq olib kirildi. Qoʻliga qurol tutgan va harbiy libos kiygan bolajonlar Vatanga Qasamyod qilishdi.
Jizzax garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markaziy harbiy orkestri oʻz chiqishlarini namoyish etdi. Jangovar kuy-qoʻshiqlar barchaga aʼlo kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Temurbek izdoshlari” maktabi yigit-qizlari hamda harbiylar tomonidan tayyorlangan saf va qoʻl jangi elementlari asosidagi sahna koʻrinishi aksariyat tomoshabinlarda harbiylikka havas uygʻotdi, desak xato boʻlmaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Davrada yigit va qizlar juftlikda valsga tushishdi. Tadbir davomida DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli jangovar texnika va qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Vatanparvarlik aksiyasida ishtirok etgan bolajonlarga Yangi yil sovgʻasi ulashildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring