Samarqand va Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qabristonlardan “tuproq olish” marosimi oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrug hududida joylashgan Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon shaharlaridagi qabristonlardan Rossiya Federatsiyasida qurilayotgan bosh ibodatxonasining tarixiy memorial majmuasiga tuproq olish marosimi oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand shahar hokimligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar kengashi vakillari hamda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari masʼul ofitserlari ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida oʻchmas va ogʻir jarohat qoldirdi. Urushdan eson-omon qaytganlar boshqa davlatlar kabi Oʻzbekistonda ham qishloq xoʻjaligini tiklashda ishtirok etdi. Ularning aksariyati majruh boʻlib qaytdi. Minglab insonlar esa janggohlardan qaytmadi. Ularni nomini abadiylashtirish insoniylik burchimizdir, – deydi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari masʼul ofitseri polkovnik Aleksandr Zimserov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tuproq olish marosimi Samarqand shahridagi “Birodarlik”, “Xaloskor jangchi”, 3-sonli “Faoliyat yurituvchi” harbiy qabristonida hamda Kattaqoʻrgʻon shahridagi qabristonda ham boʻlib oʻtdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring