Navoiy garnizonida hamkorlikdagi tadbir oʻtkazildi (foto)

Navoiy garnizoni Mudofaa ishlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bilan hamkorlikda “Vatanimga xizmat qilaman!” nomli tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Navoiy shahridagi 7-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Jajji bolajonlar harbiy libosda sheʼr, qoʻshiq ijro etdi.

Hamkorlikdagi tadbirda harbiy qism orkestri jamoasi tomonidan koʻrgazmali chiqish namoyish etildi.

Shuningdek, 10-sinf oʻquvchilari tomonidan “Kelajakda men…” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring