Tankchilar boʻlinmasi targʻibot guruhi Samarqand shahridagi yana bir maktabda koʻrgazmali chiqish qildi (foto)

Samarqand garnizonidagi harbiy shaharcha bilan yonma-yon joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Samarqand shahridagi 52-umumtaʼlim maktabida koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi.

“Armiya – mening gʻururim!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatchilar tomonidan Qurolli Kuchlar faxriysi, zahiradagi podpolkovnik Kamron Bakunov bilan suhbat tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring